Nosirova Zahroxon
Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang`ich ta’lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
Umumiy ma'lumotlar
Nosirova Zahroxon Latibjon qizi 1995-yil 22-iyulda Andijon viloyati, Andijon shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati – o’zbek. Z. Nosirova Andijon shahar 20-umumta’lim maktabni 2010-yilda tamomlagan. 2013-yilda Andijon davlat universiteti qoshidagi 3-sonli akademik litseyni tamomlagan. 2013-yilda Andijon davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga qabul qilingan. 2017-yili o‘qishni tugatib, 2020-2022-yillar davomida Andijon davlat universitetida magistraturada Lingvistika yo‘nalishida tahsil olgan. 2023-yilda Andijon davlat universiteti 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantlar safiga qabul qilingan. 2017-yili Andijon shahar 7-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi, 2022-yildan hozirgi kunga qadar Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang`ich ta’lim metodikasi kafedrasida faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning.
Asarlar yuzasidan nazorat savollari
1. Daniel Defoning ''Robinzo Krunzo'' asaridagi Robinzoning oroldagi do'stlari?
2. Uch avlodning taqdiri orqali o‘zbek xalqining 130 yillik istibdod ostidagi hayotini tasvirlangan asar?
3. "Shirin yolg’ondan achchiq haqiqat afzal" ushbu satrlar qaysi asar ichidagi bo’limning sarlavhasi?
4. “Galaktikada bir kun” asarida galaktikaning mukammal xaritasini qaysi xalq tuzgan edi?
5. Kimning qaysi asarida "Kuyganyor'' va ''Oyjamol'' qishloqlarining etimologiyasi haqida ma’lumot beriladi?
6. ''Bir qatim nur'' radio eshittirishini har juma intiqlik bilan kutuvchi qahramon.
7. Qaysi hikoyaning xotimasi o’sha hikoyaning nomi qilib olingan?
8. Ma’rifatparvarlik adabiyotining eng yorqin namunalaridan bo’lgan ushbu asar “Insoniyat ilmi, ma’rifati, ongi bilan barcha ishni bajara oladi!” g’oyasini ilgari suradi. Qaysi asar haqida gap bormoqda?
1. Bu asar yunon mifologiyasiga asoslangan bo‘lib, odam taqdiri, gunoh, o‘zini anglash va fojiali kechmishlar haqida chuqur falsafiy savollarni ko‘taradi. Bu qaysi asar?
2. “Galaktikada bir kun” asarida Ahmad “D121” droidga nima sababdan “Moki” deb nom beradi?
3. "G’o’zalari suvga zorligini biladiyu, oilasi unga zorligini bilmaydigan zo'raki o'zbak". Ushbu ta’rif qaysi asar qahramoniga berilmoqda?
4. Tohir Malikning “Alvido bolalik” asarida qaysi qahramonning akasining jasadini Afğonistondan olib kelishadi?
5. “Jamila” asaridagi Jamila qaysi ovuldan edi?
6. “O’tkan kunlar” asarida kimga “Pak-pakana, burni yuzi bilan barobar tekis, ko’zi qoqqan qoziq o’rnidek chup-chuqur, og’zi qulog’i bilan qoshiq solishar darajada juda katta" deya ta’rif berilgan?
7. Qo’rqma romanida talabalar Germaniyaga ketishdan avval qayerga borib ont ichib ketishlari kerak?
8. Muzqaymoq hikoyasida bolaga kim “Qashqirdan tug’ilgan qashqircha” deb aytgan?
1. Sarviqomat dilbarim asaridagi “Qop-qora nozik va mayin sochlari qo’ng’iroq-qo’ng’iroq bo’lib bo’yniga tushib turardi” deya ta’riflangan personaj kim?
2. "Men bu asarim bilan o’zbek xalqiga haykal qo’yaman" ushbu fikr kimga tegishli va qaysi asari yuzasidan aytilayotgan fikr?
3."Kecha va Kunduz" asarida Zebi necha yil Sibirga surgun qilingan?
4. Faqat ishq, Faqat ishq, Boshqasi sarob, Boshqasi shamolning oniy suroni Ushbu she’r qaysi asar epigrafi?
5. "Asar dunyoning eng ko‘p tarjima qilingan kitoblaridan biri bo‘lib, 500 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. U millionlab nusxada sotilgan va har yili millionlab o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Kitobdagi rasm va illyustratsiyalarni muallifning o‘zi chizgan." Qaysi asar haqida so’z bormoqda?
6. “Galaktikada bir kun” asaridagi Ahmadning otasining kasbi?
7. "Begona" asarida qotilligi uchun hibsga olingan Mersoning sud ishi qancha vaqt davom etadi?
8. "Dunyoning ishlari" qissasining 1-hikoyasi?
1. Onam: “odam hech qachon butkul bebaxt bo‘lmaydi”, deb tez-tez takrorlardi. Qamoqda, osmon rang olib, bandixonaga nurlar sizib kira boshlagan paytda onam haq ekanini anglayman… Ushbu parcha qaysi asardan?
2. Qaysi asarda adib o'z otasi taqdiri misolida qatag'on davrining dahshatlari aks etgan bolalik xotiralarini qalamga oladi. Mehnatkash, halol, sadoqatli otasining o'z xizmatlari uchun tuhmatga uchrab, qatag'on qilingani voqealarini tasvirlaydi.
3. "Shuni oʻqigan bola yomon yoʻlga kirishdan oʻzini tiyar degan niyatim bor", deya Tohir Malik qaysi asarida yozgan?
4. “Galaktikada bir kun” asarida koinotning eng boy maxluqlari, kompaniyalari, bankirlari o‘z jamg‘armalarini qaysi sayyoradagi qarorgohda saqlashar edi?
5. “Bo’laman degich el, bir-birini botirim deydi, bo’lmayman degich el, bir-birini etini yeydi”. Ushbu jumla qaysi asardan olingan?
6. “O’tkan kunlar” asaridagi ushbu ta’rif kimga beriladi: “60 yoshlar chamasidagi do’ngroq peshonalik, cho’ziq yuzlik, sariqqa moyil, to’garak qora ko’zlik, oppoq soqolli”.
7. “Qo’rqma” asarida gavdalangan o’zbeklardan chiqqan birinchi agronom kim?
8. Ushbu jumla qaysi asarning epigrafi: “Osmondagi bo’zto’rg’aydan bo’zlamasang na bo’lg’ay? Gulchehraning holini so’zlamasang na bo’lg’ay?”
1. “Jaloliddin ketmon” kimning qaysi asarini qahramoni
2. “Galaktikada bir kun” asarida “O’g’ri city” shahri qaysi sayyorada joylashgan edi?
3. “O’tkan kunlar” asarida Qutidor qaysi shart bilan Kumushni Otabekka turmushga beradi?
4. Millat onalariga qarata: “Vatan uchun jonini berish kerakku tug’ishdan ortib. Men ona bo’lishdan ko’ra yuksak o’qimoqlikni tanladim” deya hitob qilgan personaj kim va qaysi asardan olingan?
5. Ufq tirologiyasida Azamjon, Nizomjon, Risolatlarning otasi. Xalq orasida "Jinoyat oqsoqol" nomi bilan mashhur bo‘lgan qahramonning ismi?
6. “Alkimyogar” asaridagi Santyago billur sotuvchining uyida qaysi tilni egallab olganidan mamnun bo’ladi?
7. Farzandining nogironlik aravachasiga tilla yashirgan asar qahramoni?
8. Lo’li kampirning tush ta’biriga ishongan va taqdir chizig’i bo’ylab harakatlangan qahramon kim?
1. Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida Dehqonqul qaysi ishda ayblanib qamoqqa olingan?
2. “Galaktikada bir kun” asarida Ahmad va Dumgom Kosmond sayyorasiga Mokini qidirib kelishganida Moki bu sayyorada nima ish bilan shug’ullanayotgan edi?
3. “O’tkan kunlar” asaridagi ushbu ta’rif kimga berilgan: “O‘choq boshida qo‘polg‘ina, qirq besh yoshlar chamaliq yana bir xotin choy qaynatib yuradir. Bu xotin ersa oilaning cho‘risi…”
4. Millat yoshlariga qarata: “ Vatanda ko’pchilik ochlik, horlik, oddiy kasallikdan halok bo’layotgan bir paytda Ovro’pada shuncha oltin tangalarni sarflab nega o’qiyapmiz, nega?” deya hitob qilgan personaj kim va qaysi asardan olingan?
5. Ushbu jumla qaysi asardan olingan: “Birinchi jahon urushida Angliyada Qirollik harbiy-havo kuchlariga ayollarni jalb qila boshlagan, 2-jahon urushida esa Angliya qo‘shinida -225 ming, Amerikada -450-500 ming, Germaniyada -500 ming, sobiq sovet armiyasida qariyb bir millionga yaqin ayollar davlatlarning turli qo‘shinlarida, turlicha harbiy kasblarda xizmat qilishgan”
6. "Shirin yolg’ondan achchiq haqiqat afzal" ushbu satrlar qaysi asar ichidagi bo’limning sarlavhasi?
7. "Fe'li bo‘ri bolasiga o‘xshasayu, yuzi rassom chizganday chiroyli bo‘lsa". Ushbu ta'rif qaysi asarning qaysi qahramoniga tegishli?
8. Urush yillarida traktor haydashga majbur bo‘lgan, uhlab qolib traktor ostida qolib ketgan ayol obraz qaysi asarda gavdalanadi?
1. Daniel Defoning ''Robinzo Krunzo'' asaridagi Robinzoning oroldagi do'stlari?
2. Uch avlodning taqdiri orqali o‘zbek xalqining 130 yillik istibdod ostidagi hayotini tasvirlangan asar?
3. "Shirin yolg’ondan achchiq haqiqat afzal" ushbu satrlar qaysi asar ichidagi bo’limning sarlavhasi?
4. “Galaktikada bir kun” asarida galaktikaning mukammal xaritasini qaysi xalq tuzgan edi?
5. Kimning qaysi asarida "Kuyganyor'' va ''Oyjamol'' qishloqlarining etimologiyasi haqida ma’lumot beriladi?
6. ''Bir qatim nur'' radio eshittirishini har juma intiqlik bilan kutuvchi qahramon.
7. Qaysi hikoyaning xotimasi o’sha hikoyaning nomi qilib olingan?
8. Ma’rifatparvarlik adabiyotining eng yorqin namunalaridan bo’lgan ushbu asar “Insoniyat ilmi, ma’rifati, ongi bilan barcha ishni bajara oladi!” g’oyasini ilgari suradi. Qaysi asar haqida gap bormoqda?
1. Bu asar yunon mifologiyasiga asoslangan bo‘lib, odam taqdiri, gunoh, o‘zini anglash va fojiali kechmishlar haqida chuqur falsafiy savollarni ko‘taradi. Bu qaysi asar?
2. “Galaktikada bir kun” asarida Ahmad “D121” droidga nima sababdan “Moki” deb nom beradi?
3. "G’o’zalari suvga zorligini biladiyu, oilasi unga zorligini bilmaydigan zo'raki o'zbak". Ushbu ta’rif qaysi asar qahramoniga berilmoqda?
4. Tohir Malikning “Alvido bolalik” asarida qaysi qahramonning akasining jasadini Afğonistondan olib kelishadi?
5. “Jamila” asaridagi Jamila qaysi ovuldan edi?
6. “O’tkan kunlar” asarida kimga “Pak-pakana, burni yuzi bilan barobar tekis, ko’zi qoqqan qoziq o’rnidek chup-chuqur, og’zi qulog’i bilan qoshiq solishar darajada juda katta" deya ta’rif berilgan?
7. Qo’rqma romanida talabalar Germaniyaga ketishdan avval qayerga borib ont ichib ketishlari kerak?
8. Muzqaymoq hikoyasida bolaga kim “Qashqirdan tug’ilgan qashqircha” deb aytgan?
1. Sarviqomat dilbarim asaridagi “Qop-qora nozik va mayin sochlari qo’ng’iroq-qo’ng’iroq bo’lib bo’yniga tushib turardi” deya ta’riflangan personaj kim?
2. "Men bu asarim bilan o’zbek xalqiga haykal qo’yaman" ushbu fikr kimga tegishli va qaysi asari yuzasidan aytilayotgan fikr?
3."Kecha va Kunduz" asarida Zebi necha yil Sibirga surgun qilingan?
4. Faqat ishq, Faqat ishq, Boshqasi sarob, Boshqasi shamolning oniy suroni Ushbu she’r qaysi asar epigrafi?
5. "Asar dunyoning eng ko‘p tarjima qilingan kitoblaridan biri bo‘lib, 500 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. U millionlab nusxada sotilgan va har yili millionlab o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Kitobdagi rasm va illyustratsiyalarni muallifning o‘zi chizgan." Qaysi asar haqida so’z bormoqda?
6. “Galaktikada bir kun” asaridagi Ahmadning otasining kasbi?
7. "Begona" asarida qotilligi uchun hibsga olingan Mersoning sud ishi qancha vaqt davom etadi?
8. "Dunyoning ishlari" qissasining 1-hikoyasi?
Birinchi variant
1. “Nimasini aytasiz, yigitlar, dunyo o’zi shunday ekan… Lolaning ustiga qor yog’di!”… Ushbu jumla qaysi asarga tegishli?
A) Lola
B) Kecha va kunduz
C) Qor qo’ynida lola
D) O’tkan kunlar
2. “Erkaklarning gullik do’ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan, ularning sochlari, gajaklari va ro’mol popuklari bilan hazillashib o’ynagan salqin shabada… ko’klam nash’asi bilan sho’xlik qiladi. Hayot nega bu qadar go’zal va shirin bo’ladi bahorda?” Ushbu bahor tasviri qaysi asarda uchraydi?
A) Ikki eshik orasi
B) Dunyoning ishlari
C) Qiyomat
D) Kecha va kunduz
3. "Uning ikki ertagi bòlardi. Biri òziniki bòlib, uni hech kim bilmasdi. Ikkinchisini esa bobosi sòzlab bergandi, keyin birortasi ham qolmadi. Gap shu xususda".
Ushbu gaplar qaysi asarda uchraydi?
A) Alvido, Gulsari
B) Oq kema
C) Yulduzli tunlar
D) Jamila
4. “O’tkan kunlar” asarida “Xudo kishiga òĝil bersa shundayini bersinda" "Tentagingning aqli balo, kiroyi kuyoving shundoĝ bòlsin” sòzlari kimning tilidan aytilgan?
A) Mirzakarim Qutidor
B) Òzbek Oyim
C) Hasanali
D) Yusufbek Hoji
5. “Òtkan kunlar” asarida Otabek qaysi madrasada tahsil olgan edi?
A) Toshkentdagi “Beklarbegi” madrasasida
B) Toshkentdagi “Boĝchasaroy” madrasasida
C) Qòqondagi “Beklarbegi” madrasasida
D) Toshkentdagi “Shayxontohur” madrasasida
6. Ahmad Lutfiy Qozonchi qalamiga mansub "Qaynona" asarida keltirilishicha, Munavvarxonim ertalab turib qaysi ishni qilmasdan ovqatlanishni muruvvatsizlik sanar edi?
A) Qòshnining holidan xabar olmasdan turib
B) Marhumlar uchun "Fotiha va Ixlos"
C) Farzandlarini òqish va ishga jònatmasdan turib
D) Kòchani supurmasdan turib
7. Said Ahmad "Ufq"romanida qayd etilishicha, qaysi sevishgan juftliklar Oltiariqning bozoriga borib, boshlarini boshlariga tirab surat oldirib kelishgan edi?
A) Azizxon va Lutfiniso
B) Nizomjon va Dildor
C) Karimboy va Satira
D) Tursunboy va Zebi
8. Dunyoning ishlari qissasida qayd etilishicha, qayerda gilampaypoqni "Juba", "Jurabi" deyishar edi?
A) Armeniyada
B) Moskvada
C) Kavkazda
D) Turkiyada
9. Mehrobdan chayon romanida Solih maxdumning yetti yillik guppi chòponiga mahalladagilar qanday nom berishgan edi?
A) Shohona
B) Moltopar
C) Zarurat
D) Iskaptopar
10. Bizning aslimiz Buxoroyi sharifdan bo‘lar ekan. Hozir Toshkentning Pushtihammomida turamiz. Boboyi-bobokalorlarimiz juda zabardast eshon o‘tgan. Dadam rahmatlik ham “kuf” desalar suvnni teskari oqizib, “suf” desalar ko‘zini ko‘zini ochib yuboradigan darajada ulug‘ zot edilar. Ona tomonidan ham juda Haqqa yetishgan odamlardanmiz. O‘z onam hozir ham childirima bilan fol ochib, xipchin bilan savab, yangi sopol idishga tilsım yozib, tandirga qo‘yib, oshiq-ma’shuqlarni bir-biriga issiq-sovuq qiladigan katta otindir. Men ham ha deganda ota kasbimning jo‘niga tusholmadim, avvaliga yigit-yalanglarning bazmida bachcha bo‘lib, o‘ynab pul topdim. Nasha-pashalar ham chekib yurdim, uncha-muncha kissavurlik ham qilib yurdim. Ammo bu hunarlar bizdek zotdor kishilarga to‘g‘ri kelmas ekan. Bir kuni Kapponda olomon’da qolib ketay dedim. Xudoga shukur ota kasbimni boshlab yubordim. Ota kasbda gap ko‘p ekan, birim ikki bo‘lib boryapti. O‘zi asl ismim – Mullamuhammad Sharif binni Mullamuhammad Latif ibn G‘avsil a’zam.
Jumla qaysi asardan olingan? Ushbu monolog kimga tegishli?
A) O‘tkan kunlar. Mulla
B) Kecha va kunduz. Razzoq so’fi
C) Mehrobdan chayon. Solih Mahdum
D) Shum bola. Domla
11. "Oyomomaxon xulla,
Qanotlari tilla.
Subhon Ollo sizga,
Umr bersin bizga..."
Ushbu xalq qo‘shig‘i qaysi qissada keltirilgan?
A) Oq, oydin kechalar
B) Erkagi bor uy
C) Qor qo’ynida lola
D) Odam bo‘lish qiyin
12. “Otamdan qolgan dalala” asarida Dehqonqul nima uchun qamoqqa olinadi?
A) Xotini o'ziga o't qo'ygani uchun
B) "Obkom" dan kelgan topshiriqni bajarmagani uchun
C) "O'zbeklar ishi"da ayblanib
D) Klara Xo'jayevani mazax qilgani uchun
13. “Otamdan qolgan dalala” asarida Dehqonqul kimga "Ideologiya" deb laqab qo'ygan edi?
A) Fizika muallimi Abilovga
B) Rayon partiya komiteti vakili Klara Xo'jayevnaga
C) Viloyatdan borgan vakil Nozima Axmedovaga
D) Rayon partiya komiteti raisi Mavlonovga
14. “Galaktikada bir kun” asarida qayd etilishicha, qaysi osmon jismida 69 xil kimyoviy element mavjud?
A) Yulduz
B) Mars
C) Oy
D) Quyosh
15. Qachonlardir koinot kengayishdan to’xtaydi va qisqarishni boshlaydi. O’shanda hamma jismlar siqila-siqila ignaning uchidan ham kichkina nuqtaga birlashadi. “Galaktikada bir kun” asarida keltirilgan ushbu fikrlar qaysi olimga tegishli?
A) Mirzo Ulug’bek
B) Stiven Xoking
C) Isaak Nyuton
D) Albert Enshteyn
16. “Galaktikada bir kun” asarida “boshi katta, beli ingichka, dumi yo’g’on, boshida antennani eslatuvchi bir dona shoxi bor”, deya qaysi sayyora aholisiga ta’rif berilgan?
A) Miks
B) Zagun
C) Salmir
D) Giks
17. Roman 2020 yilning avgust oyida yozib, tugallandi. Roman 2021-nyilning fevral oyida «Asaxiy Books» kompaniyasida 3 ming nusxada nashrdan chiqdi va 21 kunda sotib bo‘lindi. Roman o‘zbek zamonaviy adabiyotining bestselleriga aylandi. Romanning ikkinchi nashri 2 ming nusxada chop etildi. Roman 2021-yilning may oyida Afg‘onistonning «Oltin qalam» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Qaysi asar xususida gap ketmoqda?
A) Sabo va Samandar
B) Galaktikada bir kun. 1-qism
C) Urushning ayoldan yiroq qiyofasi
D) Qo’rqma
18. “Begona” asarida mahallada qo’shmachi sifatida nom chiqargan, surishtirganlarga, o’zini omborchiman, deydigan obraz kim?
A) Salamano chol
B) Raymond
C) Mason
D) Merso
19. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan?
Layli ishqin tanimda jon qil,
Layli shavqin rangimda qon qil.
Dardini najotim et, Ilohiy,
Yodini hayotim et, Ilohiy!..
A) Muvozanat
B) Qo’rqma
C) Sabo va Samandar
D) Lola
20. Qaysi javobda “Sarviqomat dilbarim” asaridagi Boytemir obraziga tegishli ma’lumot berilgan?
A) Urush davrida o’z oilasini dushmanlardan saqlab qola olmagan va ulardan ayrilgan
B) Tog’ o’pirilishi natijasida oilasidan ayrilgan, shundan keyin yo’l ta’mirlovchilik kasbini tanlagan va insonlarga yordam berishga harakat qilgan.
C) Urushdan qaytgandan keyin yo’qotadigan narsasi qolmagan, yashashdan zerikkan vaqtida bir mushtipar va uning bolasi uni hayotga qaytargan.
D) Ilyosni juda yomon ko’rgan, undan Asalni olib qo’yishidan havotirda yashagan.
21. O’tkir Hoshimovning romanlarini aniqlang.
A) “Ikki karra ikki besh”, “To’ylar muborak”
B) “Inson sadoqati”, “To’ylar muborak”
C) “Nur borki, soya bor”, “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar”
D) “Ikki eshik orasi”, “Tushda kechgan umrlar” “Bahor qaytmaydi”
22. “Shum bola” asarida Omon nega o‘lik yuvishda unga bir qarashdayoq o‘zidan ketib qoladi?
A) O’lik hidlanganligi sababli
B) O’lik joyida yo‘qligi sababli
C) O’lik unga tanish bo’lganligi sababli
D) O’lik xuddi tirilganday qimirlaganligi sababli
23. Men biz xalqning odam bo‘lishimizdan tamom umidimni kesib qo‘ydim... Esimni tanig‘animdan beri amal demay, mansab demay faqat shu musulmonlar manfaatini ko‘zlab kelib, oyog‘ida o‘zini qushbegi, mingboshi olg‘an uch-to‘rtta manfaatparastlardan go‘yo yosh bola kabi aldandim... “O’tkan kunlar” asaridan olingan ushbu parcha kim tomonidan aytilgan?
A) Mirzakarim Qutidor
B) Otabek
C) Hasanali
D) Yusufbek Hoji
24. “Kecha va kunduz” romanida sud jarayoniga nima uchun chaqirtirilganini anglamagan qahramon kim?
A) Zebi
B) Domla imom
C) Miryoqub
D) Jannatxon
25. Qish chiqishga yaqin allaqanday qarindoshlari kelib, uni olib ketdilar. Qarilar, domlalar, parixon, azayimxon, duoxon va boshqalarga pul berib o‘qitdilar, ko‘chirtirdilar, dam soldirdilar, foydasi bo‘lmadi. Hamon o‘sha eshonnikidagi singari har kimga qizini maqtab gapirar; so‘ngra ho‘ngrak otib, achchiq-achchiq yig‘lagach, “Yoriltosh” kuyida o‘zi to‘qigan baytlarini o‘qirdi. Ushbu parchada qaysi asardan kimning holati tilga olinmoqda?
A) Qurvonbibi. Kecha va kunduz
B) O’zbekoyim. O’tkan kunlar
C) Unsinxon. Daxshat
D) Jannatxon. Kecha va Kunduz
26.
Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy,
Sendan aziz tuproq bormi, Enasoy.
Sendan chuqur dard ham bormi, Enasoy,
Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy.
Sendan ulkan daryo yo‘qdir, Enasoy,
Sendan aziz tuproq yo‘qdir, Enasoy.
Sendan chuqur dard ham yo‘qdir, Enasoy,
Sendan ozod quchoq yo‘qdir, Enasoy.
Ushbu qo‘shiq qaysi asarda keltirilgan?
A) Asrga tatigulik kun
B) Qiyomat
C) Sarvqomat dilbarim
D) Oq kema
27. "Falokat qosh bilan qovoqning o‘rtasida turadi" ushbu jumlaga qaysi asarda duch kelgansiz?
A) Ikki eshik orasi
B) Dunyoning ishlari
C)Qiyomat
D) Kecha va kunduz
28. “Choliqushi” asarida keltirilishicha, Feridening otasining ismi nima edi?
A) Nizomiddin
B) Husayn
C) Najmiddin
D) Komron
29. “Hunarimiz shu bo’lgandan keyin kim to’yga aytsa ketaveramiz-da. Bizga taka bo’lsin 100 gramm suti bo’lsin” Mazkur jumlalar “Kelinlar qo‘zg‘aloni” dramasidagi qaysi qahramonning so‘zlari?
A) Ma’mur
B) Komil
C) To‘xta
D) Hakim
30. Xudoyberdi To’xtaboyevning "Sariq devni minib" asarida Hoshimjon qalpoqchaning sehriga to'liq amin bo'lgach, uning sehrli kuchini dastlab nima maqsadda ishlatadi?
A) O'rtoqlarini qo'rqitish uchun ishlatadi
B) O'qituvchilarning konspektlarini ko'chirishda
C) Agranom bo'lish uchun ishlatadi
D) Qishlog'idagi folbinning yolg'onchiligini fosh qilishda
Ikkinchi variant
1."Ayol kishi huda-behudaga o’zini ko’zguga solaversa, hushyor bo’ling: bir gap bor..." Qaysi asardan olingan?
A) Oydinda yurgan
B) Ikki eshik orasi
C) Daftar hoshiyasidagi bitiklar
D) Temir xotin
2. "Shoh Edip" asarida qul goʻdakka achinganidan uni oʻldirmasdan kimga berib yuboradi?
A) Korinf podshohi Polibning choʻponiga
B) Delfadagi Apollon ibodatxonasi kohiniga
C) Kreontga
D) Fiva podshohi Layning oʻziga
3. "Kir joy. Hamma yoqda kaptar bilan is bosgan uylar". Alber Kamyuning "Begona" qissasida qahramon qaysi shaharni shunday taʼrif etadi?
A) Jazoir
B) Morengo
C) Parij
D) Marsel
4. Alber Kamyuning "Begona" asarida "Turmushda hech narsani oʻzgartirib boʻlmaydi, hammasi doim birday, menga shu turishim yaxshi", deya fikr yuritadigan obraz kim edi?
A) Merso
B) Mason
C) Raymon
D) Mari
5. "Chol va dengiz" asarida Santyago "davlatmand baliqchilarning ustunligi" sifatida nimani ta’riflaydi?
A) Gazeta
B) Radio
C) Motorli qayiq
D) Jurnal
6. "Biror nimasini yo’qotgan kishi ham chap yonini, ham o’ng yonini, ham tepasi-yu ham oyoq ostini-hamma hamma yerni qidira boshladi. Agar qidirganini topsa, u hech qayerni izlamaydi, chunki murodi hosil bo’lgan bo’ladi-da!"
Ushbu o’git qaysi asarda keltirilgan?
A) Musulmon
B) Ko’zini ochib yumgan odam
C) Qaytish
D) Muvozanat
7. Olimlik va odamlikni farqlovchi asar qaysi?
A) Odam bo‘lish qiyin
B) Jannati odamlar
C) Qo’rqma
D) Yo’l
8. Ogʻir urush yillarida hayotning qiyinchiliklarini kattalar bilan bab-baravar tortgan, ammo yaxshi kishilar ta'sirida tarbiya topgan, adolatparvar, ezgulikni qaror toptirish yo'lida tinib-tinchimaydigan Orifjon va uning do'stlari obrazlari qaysi asarda uchraydi?
A)18 yoshing
B) Besh bolali yigitcha
C) Ufq
D) Jannati odamlar
9. Xudoyberdi To’xtaboyevning "Sariq devni minib" asarida Hoshimjon qalpoqchaning sehriga to'liq amin bo'lgach, uning sehrli kuchini dastlab nima maqsadda ishlatadi?
A) O'rtoqlarini qo'rqitish uchun ishlatadi
B) O'qituvchilarning konspektlarini ko'chirishda
C) Agranom bo'lish uchun ishlatadi
D) Qishlog'idagi folbinning yolg'onchiligini fosh qilishda
10. Said Ahmadning "Kelinlar qoʻzgʻaloni" dramasidagi qaysi kelin obrazining nutqida "shu desangiz..." jumlasi eng koʻp ishlatilgan?
A) Sotti kelin
B) Boʻston kelin
C) Muhayyo
D) Bashorat
11. Yana oʻsha anhor boʻyi… Yulduzlar kuygan qozon tagidek jimir-jimir qilib turishibdi. Anhor boʻyida harsang tosh ustida maktabda 10 yil birga oʻqigan ikki sinfdosh oʻzlarining kelajakdagi kasblari haqida suhbat qurishmoqda.
Ushbu jumla qaysi asardan keltirilgan?
A) Oʻn sakkiz yoshing (Said Ahmad)
B) Ikki eshik orasi (Oʻtkir Hoshimov)
C) Sabo va Samandar (Ulugʻbek Hamdam)
D) Ufq (Said Ahmad)
12. Qaysi asar qizlar o’ynayotgan to’pning suvga tushib ketishi bilan boshlanadi?
A) Shum bola
B) Qor qóynida lola
C) Galaktikada bir kun
D) Bir vijdon uyg'onur
13. "Temin xotin" dramasida Qóchqor Alomatga nima deb maqtanar edi?
A) Ancha-muncha odam emasmiz!
B) Tezakni solyarka bilan yoqyapmiz
C) Qumri dalada adashmay topib boradi
D) Ikki marta Toshkentga bordim
14. Mening holimni kórdingiz, domla, - dedi kulib, - Ustimda hanjar yaltiraydi. Lekin men kulaman. Nima uchun bunday, taqsir? Chunki vijdon rohatda, jon tinch, yurakda ishq...
Parcha manbasi?
A) O’tgan kunlar
B) Mehrobdan chayon
C) Navoiy
D) Garov
15. “G’aroyib bolalar” asari orqali muallif nimani tanqid qiladi?
A) Maktab tizimini
B) Bolalar tarbiyasini
C) Kattalarning yolg’onchiligi, ikkiyuzlamachiligi va samimiylikdan yiroqligini
D) Diniy qarashlarni
16. Kichkina shahzoda o‘z sayyorasida nima bilan shug‘ullanar edi?
A) Quyoshga qarar edi
B) Kitob o‘qirdi
C) Gullarga suv quyardi va vulqonlarni tozalardi
D) Baliq ovlar edi
17. Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asarida eng katta tahdid sifatida nima ko‘rsatilgan?
A) Texnika
B) Urush
C) Ma’naviy yemirilish
D) Sovuq iqlim
18. “Choliqushi” asarida keltirilishicha, Feridening otasining ismi nima edi?
A) Nizomiddin
B) Husayn
C) Najmiddin
D) Komron
19. “Choliqushi” asarida keltirilishicha, Feride kimni: "Ellik yoshni urib qo‘ygan bu tabarruk kishi polk imomi. U o‘zini juda badavlatman, deb maqtanadi. Xotini hali o‘ttizga ham kirmagan, chiroyli, pokiza, ko‘zlari qop-qora, xushbichim bir cherkas juvon. Biz u bilan juda qalinmiz", deb ta’riflagan edi?
A) Malikshod
B) Doktor Ali
C) Husayn
D) Hafiz Qurbon
20. Maktab direktori Otajon Azizov qaysi asarda gavdalangan?
A) G‘aroyib bolalar
B) Alvido bolalik
C) Sariq devni minib
D) Bir vijdon uyg‘onur
21. “Alvido bolalik” asarida Asrorning “kul bosgan umidi” deb nima nazarda tutiladi?
A) Oilasi bilan baxtli yashashi
B) Ilm olishi
C) Dilfuzaga erishish istagi
D) Chin do‘stlari bo‘lishi
22. “Shirin qovunlar mamlakati” asar qahramoni Akbar Tarvuz mamlakatida kimga shogirt tushadi?
A) Shar Mandaga
B) Oq Sochga
C) Dar Darajaga
D) Nur Quyoshga
23. Muhammadjon aka, Yusuf, Mastura, Asqar, A’zam, chillaxona, Amir. Ushbu so‘zlar sizga qaysi asarni eslatdi?
A) “Ufq”
B) “Alvido bolalik”
C) “Qo‘rqma”
D) “Muvozanat”
24. “Temir xotin” dramasidagi Qo‘chqor tilga olgan Suvon kim edi?
A) Mahalla raisi
B) Mulla
C) Traktorchi
D) Olimjonning do‘sti
25. “Kelinlar qo‘zg‘aloni” dramasidagi Asqarning xotinining ismi kim?
A) Lutfi
B) Sotti
C) Muhayyo
D) Bo‘ston
26. “100 gramm shamol cho‘ntakni bu yog‘idan kirib 50 gramm bo‘lib chiqib ketyapti-yu, mulla jiringdan…” Mazkur jumlalar “Kelinlar qo‘zg‘aloni” dramasidagi qaysi qahramonning so‘zlari?
A) Ma’mur
B) Komil
C) To‘xta
D) Hakim
27. Shaharga “oqarish uchun” kelgan talaba qaysi asarda gavdalanadi?
A) Paulo Koelo. “Alkimyogar”
B) Nabi Jaloliddin. “Erkagi bor uy”
C) Javlon Jovliyev. “Qo‘rqma”
D) O‘lmas Umarbekov. “Odam bo‘lish qiyin”
28. “Besh bolali yigitcha” asarida keltirilishicha, Parpi buva va to‘xta xolaning nechta farzandi urushga ketgan edi?
A) 1 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
29. “Kecha va kunduz” romanida Mingboshi kimning ovozini yomonlab, "Eshak hangrasa, undan a’lo", deb aytgan edi?
A) Shamsiddin tegirmonchi
B) Shorahmat cho‘pon
C) Hoji Karim tegirmonchi
D) Hakimjon
30. “Gilampaypoq” hikoyasida Hoji buvi onasining oyog‘iga davo bo‘lishi uchun qaysi qushning miyasini dori sifatida ishlatgan edi?
A) Chumchuq
B) Bedana
C) Qarg‘a
D) Zag‘izg‘on
Uchinchi variant
1. Uch avlodning taqdiri orqali o‘zbek xalqining 130 yillik istibdod ostidagi hayotini tasvirlangan asar?
A) Otamdan qolgan dalalar
B) Ikki eshik orasi
C) Daftar hoshiyasidagi bitiklar
D) Temir xotin
2. "Shirin yolg’ondan achchiq haqiqat afzal" ushbu satrlar qaysi asar ichidagi bo’limning sarlavhasi?
A) Oʻn sakkiz yoshing (Said Ahmad)
B) Ikki eshik orasi (Oʻtkir Hoshimov)
C) Sabo va Samandar (Ulugʻbek Hamdam)
D) Ufq (Said Ahmad)
3. “Galaktikada bir kun” asarida galaktikaning mukammal xaritasini qaysi xalq tuzgan edi?
A) Zagun
B) Miks
C) Meriya
D) Qora sayyora
4. Kimning qaysi asarida "Kuyganyor'' va ''Oyjamol'' qishloqlarining etimologiyasi haqida ma’lumot beriladi?
A) G‘aroyib bolalar. Aziz Nesin
B) Alvido bolalik. Tohir Malik
C) Sariq devni minib. Xudoyberdi To’xtaboyev
D) Ufq. Said Ahmad
5. “Shirin qovunlar mamlakati” asar qahramoni Akbar Tarvuz mamlakatida kimga shogirt tushadi?
A) Shar Mandaga
B) Oq Sochga
C) Dar Darajaga
D) Nur Quyoshga
6. Qaysi hikoyaning xotimasi o’sha hikoyaning nomi qilib olingan?
A) Ko‘z ochib yumgan odam
B) Qor qo’ynida lola
C) Maymun yetaklagan odam
D) Yerniki yerga suvniki suvga
8. Ma’rifatparvarlik adabiyotining eng yorqin namunalaridan bo’lgan ushbu asar “Insoniyat ilmi, ma’rifati, ongi bilan barcha ishni bajara oladi!” g’oyasini ilgari suradi. Qaysi asar haqida gap bormoqda?
A) Paulo Koelo. “Alkimyogar”
B) Nabi Jaloliddin. “Erkagi bor uy”
C) Javlon Jovliyev. “Qo‘rqma”
D) Daniel Defo. “Robinzon Kruzo va uning sarguzashtlari”
9. “Galaktikada bir kun” asarida Ahmad “D121” droidga nima sababdan “Moki” deb nom beradi?
A) Bo’zchining mokisidek tinim bilmagani uchun.
B) Do’stining maslahati bilan.
C) Moki temir degan ma’noni anglatgani uchun.
D) Tikuv moshinasining qismi bo’lganligi uchun
10. "G’o’zalari suvga zorligini biladiyu, oilasi unga zorligini bilmaydigan zo'raki o'zbak". Ushbu ta’rif qaysi asar qahramoniga berilmoqda?
A) Ikki eshik orasi. Oqsoqol
B) Kecha va kunduz. Akbarali
C) Dexqonqul. Otamdan qolgan dalalar
D) Asrga tatigulik kun. Edigey
11. Tohir Malikning “Alvido bolalik” asarida qaysi qahramonning akasining jasadini Afğonistondan olib kelishadi?
A) Tursun
B) Muhammad Niyoz
C)Turdi
D) Turob
12. “O’tkan kunlar” asarida kimga “Pak-pakana, burni yuzi bilan barobar tekis, ko’zi qoqqan qoziq o’rnidek chup-chuqur, og’zi qulog’i bilan qoshiq solishar darajada juda katta" deya ta’rif berilgan?
A) To’ybekaga
B) Oftoboyga
C) Zaynabga
D) Xushro’ybibiga
13. Qo’rqma romanida talabalar Germaniyaga ketishdan avval qayerga borib ont ichib ketishlari kerak?
A) Toshkentga
B) Go’ri Amir maqbarasiga
C) Qo’qonga
D) Mingbuloqqa
14. Muzqaymoq hikoyasida bolaga kim “Qashqirdan tug’ilgan qashqircha” deb aytgan?
A) Kotib
B) Onasi
C) Dadasi
D) O’ris kapitan
15. Sarviqomat dilbarim asaridagi “Qop-qora nozik va mayin sochlari qo’ng’iroq-qo’ng’iroq bo’lib bo’yniga tushib turardi” deya ta’riflangan personaj kim?
A) Xadichaga
B) Asalga
C) Boytemirning birinchi ayoliga
D) Asalning onasiga
16. "Men bu asarim bilan o’zbek xalqiga haykal qo’yaman" ushbu fikr kimga tegishli va qaysi asari yuzasidan aytilayotgan fikr?
A) Oʻn sakkiz yoshing (Said Ahmad)
B) Ikki eshik orasi (Oʻtkir Hoshimov)
C) Otamdan qolgan dalalar. (Tog’ay Murod)
D) Ufq (Said Ahmad)
17."Kecha va Kunduz" asarida Zebi necha yil Sibirga surgun qilingan?
A) 10 yil
B) 4 yil
C) 8 yil
D) 7 yil
18 .
Faqat ishq,
Faqat ishq,
Boshqasi sarob,
Boshqasi shamolning oniy suroni
Ushbu she’r qaysi asar epigrafi?
A) Musulmon
B) Ko’zini ochib yumgan odam
C) Qaytish
D) Sabo va Samandar
19. "Asar dunyoning eng ko‘p tarjima qilingan kitoblaridan biri bo‘lib, 500 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. U millionlab nusxada sotilgan va har yili millionlab o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilmoqda. Kitobdagi rasm va illyustratsiyalarni muallifning o‘zi chizgan." Qaysi asar haqida so’z bormoqda?
A) Kichkina shaxzoda. Antuan de Ekzyuperi
B) Chol va dengiz. Ernest Heminguey
C) Shoh Edip. Sofokl
D) Begona. Albert Kamyu
20. “Galaktikada bir kun” asaridagi Ahmadning otasining kasbi?
A) Duradgor
B) Avtomashinalar ustasi
C) O’qituvchi
D) Muhandis
21. "Begona" asarida qotilligi uchun hibsga olingan Mersoning sud ishi qancha vaqt davom etadi?
A) 10 oy
B) 4 oy
C) 8 oy
D) 11 oy
22. Onam: “odam hech qachon butkul bebaxt bo‘lmaydi”, deb tez-tez takrorlardi. Qamoqda, osmon rang olib, bandixonaga nurlar sizib kira boshlagan paytda onam haq ekanini anglayman…
Ushbu parcha qaysi asardan?
A) Choliqushi. Rashod Nuri Guntekin
B) Evrilish. Frans Kafka
C) Begona. Albert Kamyu
D) Chol va dengiz. Ernest Heminguey
23. Qaysi asarda adib o'z otasi taqdiri misolida qatag'on davrining dahshatlari aks etgan bolalik xotiralarini qalamga oladi. Mehnatkash, halol, sadoqatli otasining o'z xizmatlari uchun tuhmatga uchrab, qatag'on qilingani voqealarini tasvirlaydi.
A) Muzqaymoq
B) Ikki eshik orasi
C) Otamdan qolgan dalalar
D) Ufq
24. “Galaktikada bir kun” asarida koinotning eng boy maxluqlari, kompaniyalari, bankirlari o‘z jamg‘armalarini qaysi sayyoradagi qarorgohda saqlashar edi?
A) Zagun
B) Miks
C) Salmir
D) Kasmond
25. “Bo’laman degich el, bir-birini botirim deydi, bo’lmayman degich el, bir-birini etini yeydi”. Ushbu jumla qaysi asardan olingan?
A) Oʻn sakkiz yoshing (Said Ahmad)
B) Ikki eshik orasi (Oʻtkir Hoshimov)
C) Otamdan qolgan dalalar. (Tog’ay Murod)
D) Ufq (Said Ahmad)
26. “O’tkan kunlar” asaridagi ushbu ta’rif kimga beriladi: “60 yoshlar chamasidagi do’ngroq peshonalik, cho’ziq yuzlik, sariqqa moyil, to’garak qora ko’zlik, oppoq soqolli”.
A) Hasanali
B) Oftoboyga
C) Zaynabga
D) Xushro’ybibiga
27. Ushbu jumla qaysi asarning epigrafi: “Osmondagi bo’zto’rg’aydan bo’zlamasang na bo’lg’ay? Gulchehraning holini so’zlamasang na bo’lg’ay?”
A) Ikki eshik orasi
B) Dunyoning ishlari
C) Odam bo’lish qiyin
D) Kecha va kunduz
28. “Galaktikada bir kun” asarida “O’g’ri city” shahri qaysi sayyorada joylashgan edi?
A) Zagun
B) Kasmond
C) Salmir
D) Qora sayyora
29. Ufq tirologiyasida Azamjon, Nizomjon, Risolatlarning otasi. Xalq orasida "Jinoyat oqsoqol" nomi bilan mashhur bo‘lgan qahramonning ismi?
A) Zaynobiddin
B) Ilyos
C) Sobir
D) Inoyat
30. “Galaktikada bir kun” asarida Ahmad va Dumgom Kosmond sayyorasiga Mokini qidirib kelishganida Moki bu sayyorada nima ish bilan shug’ullanayotgan edi?
A) Farrosh
B) Bankda operator
C) Qo’riqchi
D) Choy tashuvchi
Ona tili - o'qish savodxonligi va uni o'qitish metodikasi
Talaba HEMIS ID va paroli bilan kirishni amalga oshiring!
Tanlov uchun asarlar ro'yxati
Adabiyot — inson ruhining abadiy bogʻi, soʻz sehridan bunyod topgan moʻjizaviy olamdir.
Jahon va Oʻzbek adabiyotining eng sara durdonalari jam bo‘lgan bu gulshan sizni kutmoqda.
Bu yerda Siz so‘z sehrgarlarining qalbdan tug‘ilgan asarlarini, milliy adabiyotimizning faxri bo‘lgan yozuvchilar, shuningdek, qardosh xalqlar va jahon adabiyotining zabardast mutafakkirlarining ijod durdonalarini elektron tarzda o‘qish va yuklab olish imkoniga egasiz.
Xush kelibsiz — so‘z dunyosining sehrli sahifalariga!
Tanlangan asarlar
Biz bilan bog'laning
Nosirova Zahroxon Latibjon qizi
ADPI BTM kafedrasi o'qituvchisi